Asosiy mazmunga oʻtish
Auto ID yangiliklari

Kassa uchun shtrix-kod skanerini qanday tanlash kerak

Qoʻl skaneri yoki stol skaneri, simli yoki simsiz — kassa oqimi va markirovkalangan tovarlarga qarab tanlang.

Avvalo qanday kodlarni oʻqishingiz kerakligini aniqlang. Markirovkalangan tovarlar sotilsa, DataMatrix kodni ishonchli oʻqiydigan 2D skaner kerak; ekrandagi QR kodlar uchun ham 2D skaner zarur.

Keyin ish oqimiga qarang. Xaridorlar koʻp boʻlgan supermarketlarda stol (presentation) skaneri tezroq ishlaydi — tovarni shunchaki oyna oldidan oʻtkazish kifoya. Kichik doʻkonlar va katta tovarlar uchun qoʻl skaneri qulayroq; simsiz model kassadan uzoqdagi ogʻir tovarlarni skanerlashga imkon beradi.

Shuningdek, kassa dasturi bilan ulanish turi (USB, klaviatura emulyatsiyasi yoki COM), korpus mustahkamligi va kafolat shartlariga eʼtibor bering. BDB mutaxassislari doʻkoningizga mos modelni tavsiya qiladi.

Yangiliklarga qaytish
Ulashish: Telegram