Avtomatik identifikatsiya va maʼlumot yigʻish (AIDC) — tovarlar, hujjatlar va aktivlar haqidagi maʼlumotni qoʻlda yozmasdan, skaner yoki oʻquvchi yordamida tizimga kiritish texnologiyalari. Bularga shtrix-kodlar, 2D kodlar (masalan, DataMatrix va QR), RFID metkalari hamda mobil terminallar kiradi.
Oʻzbekistonda raqamli markirovka, elektron hisob-fakturalar va onlayn kassalar keng tarqalgani sari tovar haqidagi aniq maʼlumot biznes uchun majburiyatga aylanmoqda. AIDC kassada, omborda va ishlab chiqarishda bu maʼlumotni tez va xatosiz yigʻishga yordam beradi.
Asosiy foydalari: inventarizatsiya tezlashadi, qayta saralash va yoʻqotishlar kamayadi, qoldiqlar real vaqtda koʻrinadi. BDB uskunani tanlash, oʻrnatish va hisob tizimingizga ulashda yordam beradi.